Bosh vazir o‘tkazgan yig‘ilishda Toshkent hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishXokimiyat Tashkenta
Xokimiyat Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qahramon Aripov Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi hokimlik matbuot-xizmati.

Shavkat Mirziyoyev i Djaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Mashhur ishbilarmon Jahongir Artikxodjayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga tayinlandi

Xabar qilinishicha, ushbu yig‘ilishda Aripov Qahramon Tursunovich Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 

"Bunga qadar Aripov Qahramon Tursunovich O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan", — deb eslatib o‘tilgan xabarda.

Qahramon Aripov 1968-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan.

Aripovning mansab pillapoyasi

2002-2005 yillarda Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2005-2007 yillarda "Asaka" davlat-aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, 2007-2016 yillarda  "Asaka" davlat-aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi, 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0