O‘zbekistonda aloqa operatorini o‘zgartirganda telefon raqamini saqlab qolish mumkin bo‘ladi

© Foto : pixabay.com / terimakasih0Ruki s mobilnimi telefonami
Ruki s mobilnimi telefonami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mobil aloqa tarmog‘i abonenti boshqa mobil aloqa tarmog‘iga o‘tganda telefon raqamini saqlab qolish tartibini tayyorlaydi.

TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorini imzoladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Mobilniy telefon v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Sifatsiz internet va mobil aloqa uchun operatorlar jarimaga tortiladi

Qaror talablariga ko‘ra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga mijozlarni mobil aloqa raqamiga bog‘liq holda masofadan identifikatsiya qilish mexanizmining samarali ishlashini ta’minlash maqsadida 2018-yil yakuniga qadar mobil aloqa tarmog‘i abonenti boshqa mobil aloqa tarmog‘iga o‘tganda telefon raqamini saqlab qolish tartibini ishlab chiqish topshirildi.

Shuningdek, 2018-yil 1-iyulga qadar muddatda elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestri yaratiladi.

Milliy reyestrni yuritish elektron shaklda onlayn rejimda amalga oshiriladi.

Milliy reyestrga ixtiyoriy va bepul asosda tovar (xizmat)larni elektron tijorat orqali sotishdan olgan daromadlari umumiy sotilgan tovarlar (xizmatlar) hajmining kamida 80 foizini tashkil etuvchi, shu jumladan, elektron tijoratda elektron savdo maydonchalari, tovarlarni yetkazib berish, elektron hujjatlar va xabarlarni saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar kiritiladi.

Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar 2 foiz stavka bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar hisoblanadi.

Mobilnie operatori Megafon i Bilayn - Sputnik O‘zbekiston
Uzmobile birinchi bo‘lib o‘z mijozlarini "mobil tobelik"dan ozod qiladi

Ushbu qaror talablariga ko‘ra, elektron tijorat ishtirokchilari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish jarayonida axborot tizimlari tomonidan shakllantiriladigan, bitimlardagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar tovarlar (xizmatlar) uchun to‘lovlarni tasdiqlovchi kvitansiyalar, talonlar, chiptalar va boshqa hujjatlarga tenglashtiriladi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron tijorat bitimlarini amalga oshirishda to‘lovlar virtual terminallar (E-POS) orqali xaridorga naqd pulni qabul qilganligi to‘g‘risida elektron chek yoki boshqa tasdiqlovchi xujjatni majburiy yuborgan hamda inkassatsiya qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda pul mablag‘larini xizmat ko‘rsatuvchi bankga topshirish sharti bilan naqd pul shaklida qabul qilinishi mumkin.

Virtual terminallar (E-POS) shu turdagi nazorat-kassa mashinalari va to‘lov terminallariga tenglashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0