O‘zbekistonda akusher-ginekologik xizmati takomillashtiriladi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishVrach gotovit jenshinu k predstoyashim rodam.
Vrach gotovit jenshinu k predstoyashim rodam. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qizlar va fertil yoshdagi ayollarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Respublika qizlar salomatligi markazi, hududlarda esa qizlar salomatligi markazlari tashkil etildi.

TOShKENT, 15-may — Sputnik. "Qizlar va fertil yoshdagi ayollarga ko‘rsatiladigan akusher-ginekologik va tibbiy yordam xizmatlari samardorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligi "Huquqiy axborot" kanali.

Qarorga muvofiq, qizlar va fertil yoshdagi ayollarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Respublika qizlar salomatligi markazi, hududlarda esa qizlar salomatligi markazlari tashkil etildi.

Rossiya O‘zbekistonda noyob tibbiy loyihani ishga tushiradi

Respublika markazi, shu jumladan qizlarga axborot texnologiyalarga asoslangan yuqori malakali ginekologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

2018 yil 1-avgustga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligining "Ishonch telefoni" (1003) tarmog‘i tarkibida respublika hududida kunu-tun faoliyat ko‘rsatuvchi "tezkor aloqa" tarmog‘i tizimi joriy etiladi.

Yangiliklar lentasi
0