Diana Yenikeyevaning o‘limida aybdor deb topilgan 3 kishi ustidan sud hukmi o‘qildi

© Sputnik / Andrey Starostin / Mediabankka o‘tishSudebniy molotok, arxivnoe foto
Sudebniy molotok, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoyat ishlar bo‘yicha Samarqand viloyat sudi o‘qituvchi Yenikeyevaning o‘limiga sababchi bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi, Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi o‘rinbosari va ushbu tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri ustidan hukm chiqardi.

TOShKENT, 15-may – Sputnik. Kecha 14-may kuni Samarqand viloyati Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida ushbu yilning aprel oyida baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘lgan o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning o‘limida ayblanayotgan uch kishi ustidan sud hukmini chiqardi, “Gazeta.uz"ga xabariga asosan.

Marhuma Diana Yenikeyevaning otasi ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berdi

Xususan, sud 4-may kuni o‘qituvchi Yenikeyevani urib yuborgan Kamaz yuk mashinasi haydovchisi Akram Elmurodovni Jinoyat kodeksining 266 (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish) moddasiga binoan aybdor deb topib, uni 6-yil muddatga ozodalikdan mahrum etish va 3 yil muddatga transport vositalarini haydash huquqidan mahrum qilish haqida hukm chiqardi.

10 may kuni Samarqand viloyat sudi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Musoxon Muzaffarov hamda tuman XTB mudiri bo‘lib ishlagan Alisher Jumanazarovga nisbatan hukm chiqardi.

Ular Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bo‘yicha aybdor deb topilib, maoshining 20% davlat hisobiga o‘tkazish sharti bilan 2-yil muddatga axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi. Shuningdek, ularga 1-yil davomida rahbarlik lavozimlari da faoliyat yuritish ta’qiqlangan.

Sveti u posolstva Belgii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Baxtsiz hodisa sababli vafot etgan Diana Yenikeyeva oilasi 44 mln so‘m nafaqa puli oladi

Sud-tergov jarayonida aniqlanishiga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Musoxon Muzaffarov, qonuniy vakolatlari doirasidan chiqqan holda, 13−14 mart kunlari u Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Alisher Jumanazarovga maktab va kollej xodimlarni M-37 “Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi” magistral yo‘lini obodonlashtirish ishlariga jalb qilishni topshiradi. 

Akram Elmurodov esa, 14-mart kuni soat 13:00 atrofida, qonunda belgilangan avtomobilni boshqarish huquqi beruvchi hujjatlarga ega bo‘lmagan holda, Kamaz yuk mashinasini boshqarib M-37 yo‘lining 66 kilometrida maktab o‘qituvchisini urib yuborgan. Sud qarorida aytilishiga ko‘ra, Elmurodov mashinani to‘xtatish yoki yo‘lda ishlayotgan odamni aylanib o‘tish chorasini ko‘rmagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha  Samarqand viloyat sudi, shuningdek, jabrlanuvchi tomonning 19,8 mln so‘m moddiy va 25 mln so‘m ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi da’vosini qisman qondirdi.

Yangiliklar lentasi
0