Amerikalik siyosatchi O‘zbekiston haqida kitob yozdi

© Pravitelstvo KRAmerikanskiy ekspert i politolog Frederik Starr
Amerikanskiy ekspert  i politolog Frederik Starr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Frederik Starr - Markaziy Osiyo, Rossiya va MDH mamlakatlari bo‘yicha mutaxassis, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan yaxshi xabardor, Yevrosiyo mintaqasi davlatlari siyosati hamda tarixiga oid 20 dan ortiq kitob muallifi.

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlarida Frederik Starrning "O‘zbekistonning yangi qiyofasi" deb nomlangan kitobi chop etildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" xabar bermoqda.

Amerika tashqi siyosati kengashi huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti asoschisi hamda raisi, professor Frederik Starr navbatdagi kitobini O‘zbekistonning yangi tarixiga bag‘ishlagan.

Starrning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy sohalardagi, xalqaro munosabatlardagi ulkan ijobiy o‘zgarishlardan xorijda ko‘pchilik hayratga tushmoqda. Lekin chet elda hamma ham ana shu islohotlar mohiyatini to‘liq tushunib yetayapti, deb bo‘lmaydi.

Prezidenti Uzbekistana i SShA - Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev AQShga birinchi tashrifini boshlamoqda

Professor o‘z kitobida mamlakatdagi o‘zgarishlarga baho bermaydi, balki xolis bayon etadi. U mazkur jarayonda yuzlab huquqiy hujjatlarni, prezident farmon va qarorlarini o‘rganib chiqdi. Kitob taqdimoti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga ilk rasmiy tashrifi arafasida o‘tkaziladi.

Seshanba kuni ertalab davlat rahbari Vashingtonga jo‘nab ketdi. Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Pentagonga tashrif buyurib, AQSh mudofaa vaziri bilan muzokara o‘tkazadi. Kapitoliyda Kongressmenlar va senatorlar bilan uchrashib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni har tomonlama mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki prezidenti bilan ham uchrashib, O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiya jalb etish bo‘yicha muzokara olib boradi.

Tashrif davomida 40 dan ortiq hujjatlar qabul qilinishi, shu jumladan, umumiy qiymati 8,5 milliard dollarlik savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0