Rossiya bir necha million dollarlik zemsnarad va ekskavatorlar yetkazib beradi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishRotorniy kovshoviy zemsnarad
Rotorniy kovshoviy zemsnarad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yilning oktabrida Rossiya eksport sentri direktori Petr Fradkov O‘zbekistondagi loyihalarga milliard dollargacha kredit ajratish mumkinligini xabar qilgan edi.

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Kecha O‘zbekistonda boshlangan Expo-Russia Uzbekistan 2018 sanoat yarmarkasida O‘zbekiston va Rossiya bir qator shartnoma va loyihalarni muhokama qilishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik  muxbiri.

“Rossiya eksport markazi” va O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonga zemsnarad sotib olishni muhokama qilishdi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Rossiya eksport markazining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dmitriy Proxorenko xabar qildi.

“Biz vazirlik bilan Chelyabinskdagi nostandart mashinalar zavodidan asbob-uskuna va bir necha zemsnaradlar yetkazib berishni muhokama qildik. Buyurtmaning umumiy qiymati 23-25 million dollarni tashkil qiladi”, — dedi Proxorenko.

Zemsnarad – bu maxsus yasalgan kichik kema (barja) bo‘lib ular suv havzalari tubini chuqurashtirish, suv ostidan yer va qum qazib olishga mo‘ljallangan. O‘zbekistonda zemsnaradlardan kanallar va darolar tubini chuqurlashtirish uchun foydalanish rejalashtirilshgan.

Emblema Rosatoma, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rosatom O‘zbekiston bilan atom stansiyasini qurish masalasini muhokama qilmoqda

Proxorenko aytishiga qaraganda, Rossiya ekskavatorlarini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha yana bir shartnoma yakuniy bosqichda ko‘rib chiqilmoqda.

“Katta hajmdagi texnika Ivanovodagi KRANEKS guruhi tomonidan yetkazib beriladi. Hozir bir ushbu loyiha uchun kredit ajratilishini kutib turibmiz”, — dedi suhbatdosh.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabrida Rossiya eksport sentri direktori Petr Fradkov O‘zbekistondagi loyihalarga milliard dollargacha kredit ajratish rejaldashtirilganini xabar qilgan edi.

Ayni damda Rossiya tomonidan va Rossiya krediti hisobidan O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi masalasi hamda Toshkentda umumiy qiymati 141 million dollar bo‘lgan metallurgiya zavodi qurilishi rejalashtirilayotganini xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0