Samarqand viloyatida ayol o‘z joniga qasd qilayotib 1 yoshga to‘lmagan bolasini o‘ldirdi

© StringerRabota sotrudnikov militsii Uzbekistana
Rabota sotrudnikov militsii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kattaqo‘rg‘on tumanida ayol o‘z joniga qasd qilayotib 1 yoshga to‘lmagan bolasini o‘ldirgan

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Samarqand viloyatida ayol o‘z joniga qasd qilgan ayol farzandining ham o‘limiga sababchi bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston IIV.

Bola - Sputnik O‘zbekiston
Meni o‘ldirgan onamga maktub: hali nafratlanishni o‘rganmagandim
Xabarda aytilishicha, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida 24-aprel kuni A.B ismli ayol (ismi o‘zgartirilgan) o‘z joniga suiqasd qilib, 10 dona "Sinepar" tabletkalarini iste’mol qilgan.

So‘ngra ikkala qo‘l bilak qismlarini pichoq bilan kesib jarohat yetkazgan va 2017-yilda tug‘ilgan farzandini bag‘riga qattiq bosishi natijasida bolaga havo yetishmay voqea joyida o‘lgan. 

Ayol kasalxonaga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyati hokimligi rasmiy nashri hisoblangan "Zarafshon" gazetasi ilgariroq Samarqand viloyatida 2017-yil davomida 359 kishi o‘z joniga suiqasd qilgani, buning oqibatida 169 nafar shaxs hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar bergan edi.

Nashrga ko‘ra, bu holatlarning yuzaga kelishiga mahalliy hokimliklar, ichki ishlar idoralari, prokuratura hamda mutasaddi idoralar tomonidan fuqarolarning o‘z joniga qasd qilishining oldini olish borasida aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot tadbirlarini lozim darajada olib bormayotganligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0