Rossiya O‘zbekistonda tarozi zavodi quradi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishVesi
Vesi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, hozir O‘zbekistonda sifati past Xitoy mahsulotlari yuqori narxda sotilmoqda va xaridorlar texnik xizmat bilan ham ta’minlanmagan.

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Rossiyaning eng yirik elektron va sanoat tarozilari ishlab chiqaruvchisi – Janubiy Ural tarozi zavodi O‘zbekistonda tarozi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi,  Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Birinchi bosqichda Rossiya korxonasi 100 million rubl sarmoya kiritib, O‘zbekistonda  150 tonna va undan ortiq yuklarga mo‘ljallangan avtomobil va temiryo‘l vagonlari tarozisi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.

“Hozir biz muzokaralarning birinchi bosqichidamiz, bo‘lajak ishlab chiqarish uchun maydon qidirmoqdamiz. Biizda bir necha variant bor: erkin iqtisodiy zonalardan biri, Toshkent yoki Samarqand. Bu o‘zining payvandlash, tokarlik va jamlash sexlariga ega bo‘lgan to‘laqonli O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi bo‘ladi. Biz bozorga yuqori sifatga va raqobatbardosh narxga ega bo‘lgan munosib mahsulot bilan chiqishga tayyormiz”, — dedi Sputnik muxbiriga Janubiy Ural tarozi zavodi direktorlar kengashi raisi Sergey Potapov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bozori o‘ta yuqori potensialga ega, chunki bu kabi yuqori sifatli texnika O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, hozir O‘zbekistonda sifati past Xitoy mahsulotlari bir necha barobar qimmat sotilmoqda.

Neftepererabativayushee predpriyatie - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning "Taif" kompaniyasi O‘zbekistonda zavod qurish masalasini ko‘rib chiqadi

Yana bir muammo, bu kabi texnika ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan emas, savdo kompaniyalari tomonidan olib kelinmoqda. Ular bir vaqtning o‘zida ham paypoq ham texnik murakkab uskuna bo‘lgan tarozilar sotishi mumkin. Natijada xaridor qimmat narxga va texnik xizmatga ega bo‘lmagan mahsulot sotib olmoqda.

Biz birinchi bosqichda oyiga 100 ming dollarlik mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz. Bu oyiga 10 ta avtomobil yoki vagon tarozisi degani. Yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratishga alohida e’tibor beramiz. Ayniqsa OTMlarni bitirayotgan yoshlarga. Biz shuningdek tulaqonli xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yamiz, chunki biz 100% ishlab chiqaruvchimiz”, — dedi Potapov.

Bugungi kunda Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiga  qilgan sarmoyasi 8,5 milliarddan oshgan va O‘zbekistonda Rossiya sarmoyasi ishtirokida 961ta korxona faoliyat yuritmoqda. Yil oxiriga qadar ushbu korxonalar soni mingda oshishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0