Rossiyada Telegram bloklanadigan bo‘ldi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishMessendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom
Messendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Roskomnadzorga ushbu chorani zudlik bilan qo‘llashga ruxsat berildi

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Moskvaning Taganskiy sudi Roskomnadzorning Rossiyada Telegram messenjerini bloklash haqidagi da’vosini qondirdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Roskomnadzorga ushbu chorani zudlik bilan qo‘llashga ruxsat berildi.

Telegram terrorizm bilan bog‘liq bo‘lgan 8,5 ming dona kanal faoliyatini cheklab qo‘ydi

Roskomnadzor va FXX vakillarining aytishlaricha, Telegramning maxsus xizmatlarga shifrlash kalitlarini berishni rad etishi davlat va jamiyat manfaatlariga tahdid soladi hamda terrorchilarga qo‘l kelishi mumkin.

Telegram yuristlari sud majlisiga kelishmadi. Ularning bildirishlaricha, messenjer asoschisi Pavel Durov yuristlarga sud majlisiga borishni man etgan.

Eslatib o‘tamiz, oltinchi aprel kuni Roskomnadzor FXXga shifrlash kalitini berishdan bosh tortgani uchun Telegramni bloklash bo‘yicha sudga murojaat qilgandi.

Kompaniya advokatlari esa FXXning talabini bajarish texnik jihatdan imkonsiz ekanligini – bunga messenjer tuzilishi imkon bermasligini bildirishgandi.

Durovning o‘zi esa Telegram Roskomnadzor talabiga bo‘ysunmasligini, messenjer so‘z erkinligi va shaxsiy hayot daxlsizligi tarafdori ekanligini aytgandi. Shuningdek, u bloklash haqidagi tahdid hech qanday samara bermasligini qo‘shib qo‘ygandi.

Yangiliklar lentasi
0