Farg‘ona viloyatida akasi kaltaklagan qiz vafot etdi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda jinoyatda gumonlanuvchi qo‘lga olingan

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Farg‘ona viloyatida akasi kaltaklagan qiz vafot etdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Mujchina s nojom - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona shahrida o‘g‘il o‘z otasini pichoqlab o‘ldirdi
Xabarda aytilishicha, 8-aprel kuni soat 01.30 larda Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida 1994-yilda tug‘ilgan S.Mamajonova uyida sog‘lig‘i yomonlashib, to‘satdan vafot etgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida S.Mamajonovani akasi, 1986-yilda tug‘ilgan I.Mamajonov oilaviy janjal sababli kaltaklagani aniqlangan.

Aka o‘z singlisini yuzi va badanining turli joylariga qo‘li va kamari bilan urgan. Natijada qizning buyragi shikastlanib yorilgan va ichki qon ketishi tufayli sog‘lig‘i yomonlashib vafot etgan.

I.Mamajonov ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

 

Yangiliklar lentasi
0