Qiynoqqa solish va yolg‘on guvohlik berish uchun jazo kuchaytirildi

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Jinoyat kodeksida qiynoqqa solish, yolg‘on guvohlik berish va tuhmat kabi jinoyatlar uchun jazo kuchaytirildi va javobgar shaxslar qamrovi kengaytirildi.

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti tomonidan 4-aprel kuni imzolangan 470-sonli qonunga ko‘ra, hibsga olinganlarni qiynoqqa solish, haqorat qilish va boshqa yo‘llar bilan jazolash uchun belgilangan jazo chorlari kuchaytirildi, deb xabar qilmoqda “Narodnoe slovo”.

Ba’zi hollarda qiynoqqa solishda ayblanayotgan mansabdor shaxslarni jazolashga to‘sqinlik qilayotgan, JKning 235 moddasining ayrim bandlari bekor qilindi.

Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Qiynoq ostida olingan dalillar sudda o‘tmaydi - prezident farmoni

Bundan buyon, qiynoqqa solishda ayblanayotgan mansabdor shaxslar uch yildan besh yilgacha qamalishi va lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum etilishlari mumkin. Og‘ir tan jarohatlari yetkazilganda – jazo 7-10 yilni tashkil qilishi mumkin.

Yangi qonunda qiynoqqa solish, tuhmat yoki yolg‘on guvohlik berish uchun jazolanadigan mansabdor shaxslar qamrovini ham kengaytirilgan. Oldin shunday ishlar uchun faqat tergovchilar, prokurorlar va boshqa ishchi ishlar xodimlari jazoga tortiladigan bo‘lsa, yangi qonunga ko‘ra ularning qatoriga tergov izoliyatorlari xodimlari, harbiy bo‘linmalar va boshqalar ham kiritilgan.

Davlat xizmatchisi buyurtmasiga yoki uning roziligi bilan amalga oshirilgan qiynoqlar ham JKning 235 bandiga muvofiq baholanadi. Ushbu ishda ishtirok etgan va undan xabardor bo‘lgan barcha kishilar jinoyat ishtirokchilari sifatida baholanadi.

Shuningdek, yangi qonun “yolg‘on chaqimchilik” uchun eng kam ish haqqining 50 baravaridan  70 baravarigacha  “yolg‘on guvohlik berish” uchun 5-yildan 8-yilgacha qamoq jazo berishni nazarda tutgan.

Yangiliklar lentasi
0