Xorijdan turib, ishonchnoma orqali ajrashayotganlar ko‘paydi - sud raisi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSvadebnaya seremoniya pari s kolsami "Troyka"
Svadebnaya seremoniya pari s kolsami Troyka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, oilalardagi mojarolardan keyin ayol ota-onasining uyiga ketib, bir necha yil o‘tgach, sudga murojaat qilishi e’tiborga olinsa, o‘rtacha uch yil vaqt davomida birga yashamasdan o‘zaro ajrashib, sudga murojaat qilganlar jami ko‘rilgan ishlarning 60 foizga yaqinini tashkil qiladi

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Xorijdan turib, ishonchnoma orqali ajrashayotgan oilalarning yildan-yilga ko‘payib bormoqda, deb xabar qildi Zarafshon nashri.

Jenix i nevesta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda nikohdan ajratish jarayoniga o‘zgartirish kiritildi

Nashrning yozishicha, Samarqand viloyati aholisi ko‘pligi jihatidan O‘zbekistonda eng yuqori o‘rinlarda bo‘lib, oila quruvchilarning soni ham shunga munosib.

Biroq oilaviy ajrimlar soni bo‘yicha Samarqand respublika miqyosida to‘rtinchi o‘rinda. Oilaviy ajrimdan so‘ng kelinni xonadondan chiqarish yoki aksincha, uni uyga olib kirish masalasi yuzasidan murojaatlar bo‘yicha ham Samarqandda raqamlar salmoqli.

Zarafshon nashri fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi Ma’rufjon Tojiboyevni so‘zlarini keltiradi.

"Oilaviy ajralishlarda kishini larzaga soladigan jihat ajralish uchun sabablarning arzimasligidir. Ayniqsa, xorijdan turib, ishonchnoma orqali ajrashayotgan oilalarning yildan-yilga ko‘payib borayotgani achinarli. Haqiqatan ham o‘tgan yili sudlarga ajralish bo‘yicha 4 911 ta da’vo arizalari kiritilgan bo‘lsa, sudlar tomonidan jami da’vo arizalarining 71 foizi qanoatlantirilgan, 23 foizi rad etilgan. 500 ta oila sudlarning jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikdagi sa’y-harakatlari tufayli saqlab qolingan", — deydi fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi Ma’rufjon Tojiboyev.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, oilalardagi mojarolardan keyin ayol ota-onasining uyiga ketib, bir necha yil o‘tgach, sudga murojaat qilishi e’tiborga olinsa, o‘rtacha uch yil vaqt davomida birga yashamasdan o‘zaro ajrashib, sudga murojaat qilganlar jami ko‘rilgan ishlarning 60 foizga yaqinini tashkil qiladi. Bu esa yosh oila arzimagan sabablarga ko‘ra arazlashib qolgan dastlabki bir oy yoki bir yil davomida jamoatchilik tomonidan yarashtirish ishlari yetarli darajada olib borilmaganini ko‘rsatadi, deydi u.

Plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Senatning to‘ylar bo‘yicha qarori hozircha qabul qilinmadi

"Birinchi navbatda oilaning muqaddasligini yoshlar ongiga singdirishga qaratilgan tizimli targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, uni takomillashtirish lozim. Xususan, uylanmoqchi bo‘lgan yigitlar, avvalo, o‘zini, turmush o‘rtog‘ini ta’minlay olishi, er bilan xotin sog‘lom bo‘lishi, oilaning muqaddasligi hamda turmush qurayotgan ayol uning davomchisi bo‘lmish zurriyodining onasi ekanligini tushunib yetishi shart. Ajrashishga ahd qilgan oila esa arizani sudga emas, avvalambor, mahalla fuqarolar yig‘iniga topshirsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Masala mahallaning yarashtirish komissiyasi a’zolari, faollari ishtirokida o‘rganilsa, ko‘p ajralishlarning oldini olish mumkin. To‘g‘ri, hozir ham arizalar xotin-qizlar qo‘mitalariga berilib, hamkorlikda yarashtirish ishlari olib boriladi. Ammo sudgacha kelgan oila yarashishda sustkashlik qiladi. "Mana, sud idoralarigacha keldik, endi baribir birga yasholmaymiz", — deya ahdidan qaytishni o‘ziga ep ko‘rmaydiganlar ham bor. Ajralishlarning aksariyati 20-30 yoshlilar orasida bo‘lgani tufayli ularning hayot past-balandini tushunmasligi, farzand, oila qadrini his etmasligi shunday xulosaga kelishga undaydi", — deb qo‘shimcha qildi Ma’rufjon Tojiboyev.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 107-bandiga qo‘shimcha kiritish haqidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq FHDYo organi er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo‘lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig‘inining yarashtirish komissiyasini nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza berilgan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0