Kimlar diplomatik vakolatxona rahbari bo‘lishi mumkin?

© Sputnik / Ramil SitdikovRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. Hujjatda kimlar diplomatik vakolatxona rahbari bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Farmonda diplomatik vakolatxona rahbari kimlar bo‘lishi mumkinligi belgilandi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri. 

Prosmotr pramoy translyatsii s uchastiyem ministra inostrannix del Uzbekistana Abdulaziza Kamilova - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov qanday qilib diplomat bo‘lish mumkin, degan savolga javob berdi
Hujjatga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, davlat va chet tillarini yaxshi biladigan, tegishli ishbilarmonlik, ma’naviy va kasbiy fazilatlarga ega bo‘lgan, shuningdek, tarix, madaniyat sohalarini, milliy an’analar va urf-odatlarni, O‘zbekiston Respublikasidagi sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini chuqur biladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi diplomatik vakolatxona rahbari bo‘lishi mumkin.

"Diplomatik vakolatxona rahbari o‘zi ishlab turgan davlatda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo‘lni samarali davom ettirish, mamlakat manfaatlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqva qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surishni ta’minlaydigan O‘zbekiston Respublikasining oliy rasmiy vakili hisoblanadi", — deb ta’kidlangan prezident Farmonida.

Shuningdek, o‘zlari ishlab turgan mamlakatdagi O‘zbekiston Respublikasining diplomatik xodimlar va davlat organlari rasmiy vakillari idoraviy mansubligi va hisobdorligidan qat’i nazar diplomatik vakolatxonaning rahbariga so‘zsiz bo‘ysunishi va zimmasidagi vazifalarni bajarishda o‘z faoliyatini u bilan muvofiqlashtirishi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0