O‘zbekiston FVV Stavropoldagi fojia bo‘yicha "tezkor raqamlar" ochdi

© 112Uatelefon zvonok gorachaya liniya slujba dispetcher
telefon zvonok gorachaya liniya slujba dispetcher - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Halokat oqibatida Jizzax viloyatilik to‘rt fuqaro halok bo‘ldi

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiyaning Stavropol o‘lkasida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan "tezkor raqamlar" ochdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Stavropol o‘lkasidagi YTHda to‘rt nafar o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, 4-aprel kuni "Stavropol-Novoaleksandrovsk" avtomobil yo‘lida "VAZ-2101" yengil avtomobili "Isuzu" yuk avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Halokat natijasida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi. FVV vafot etganlarning ro‘yxatini e’lon qildi. ularning barchasi Jizzax viloyatining Zomin tumanidan bo‘lgan.

1. Shuhrat Jumaqulov, 1983 y.t.

2. Mirjalol Tagayev, 1991 y.t.

3. Muhritdin Qarshiyev, 1995 y.t.

4. Bahrom Yunusov, 1988 y.t.

Vafot etganlarning jasadlari Izobil shahar okrugining markaziy kasalxonasiga olib borilgan.

Yangiliklar lentasi
0