Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti 24-yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident Yujnoy Korei Pak Kin Xe
Prezident Yujnoy Korei Pak Kin Xe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pak Kin Xe o‘tgan yilning mart oyida korrupsiyada ayblanib qo‘lga olingan edi

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Seul shahrining markaziy sudi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xeni 24-yillik qamoq jazosiga mahkum etdi. Ayol o‘tgan yilning bahorida korrupsiyada ayblanib qo‘lga olingan edi.

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe lavozimidan chetlatildi - Sputnik O‘zbekiston
Pak Kin Xe xalqidan uzr so‘radi va prezident saroyini tark etdi

Sud majlisi Janubiy Koreyaning eng yirik telekanallari orqali jonli tarzda olib borilmoqda, deb yozgan RIA Novosti.

Pak Kin Xe o‘tgan yilning mart oyida qo‘lga olingan. Ayolga 18ta punkt bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan, xususan korrupsiya, pora olish, mansabni suiiste’mol qilish, shuningdek, davlatga doir ma’lumotlarni oshkor qilish shular jumlasidandir.

Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentga 30-yillik qamoq jazosi berilishini hamda u 118,5 milliard koreya voni (95 million dollar) jarima to‘lashini talab qilgan.

Yangiliklar lentasi
0