Samarqand viloyatida obodonlashtiriladigan qishloqlar ro‘yxati e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
Dasturga kirgan mahalla va qishloqlardagi 17 ming 565 xonadonda 104 ming 113 kishi istiqomat qiladi

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. "Obod qishloq" dasturi asosida Samarqand viloyatining 14 tumanidagi 28 qishloqda qurilish-obodonlashtirish ishlari olib boriladi, deb xabar qildi viloyat hokimligi matbuot-xizmati.

V Uzbekistane startoval proyekt Blaguostroyenniy poselok - Sputnik O‘zbekiston
Prezident tashabbusi: O‘zbekistonda qishloqlarni obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi
Bundan tashqari, obod etiladigan qishloqlar qatoriga Samarqand shahridagi Shirin, Cho‘pon Ota, Kattaqo‘rg‘on shahridagi Do‘stlik va Navbahor mahallalari ham qo‘shildi.

Obodonlashtiriladigan qishloqlar ro‘yxati quyidagicha:

Bulung‘ur tumanidan Qizilqo‘rg‘on (G‘o‘bdin mahallasi) va Kattaqishloq qishloqlari;

Jomboy tumanidan Qo‘ng‘irot va No‘sh qishloqlari;

Ishtixon tumanidan Xina (Xumo mahallasi) va Shayxlar qishloqlari;

Kattaqo‘rg‘on tumanidan Kattaming va Qorako‘lcha qishloqlari;

Narpay tumanidan Yangiariq va Sohibkor qishloqlari;

Nurobod tumanidan Jom va Girdiqo‘rg‘on qishloqlari;

Oqdaryo tumanidan Arpa (Turon mahallasi) va Chayjovul (Amir Temur mahallasi) qishloqlari;

Payariq tumanidan Tomoyrot va Eshimoqsoq (Xalqobod mahallasi) qishloqlari;

Pastdarg‘om tumanidan Qo‘shquduq va Mevali (Paxtakor mahallasi) qishloqlari;

V Uzbekistane startoval proyekt Blaguostroyenniy poselok - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: "Oldimizda qanday ish turganini Manas misolida ko‘rsatmoqchiman"
Paxtachi tumanidan Yangiobod (Farovon Yo‘ldoshobod mahallasi) va Qirguli qishloqlari;

Samarqand tumanidan Parrandachilik (Mehrobod mahallasi) va Navro‘z qishloqlari;

Toyloq tumanidan Baxshitepa (Nurli yo‘l mahallasi) va Shopo‘lot qishloqlari;

Urgut tumanidan Birlik va Ishchan qishloqlari;

Qo‘shrabot tumanidan Qo‘ralos va Ko‘ztamg‘ali (Mustaqillik mahallasi) qishloqlari bor.

Dasturga kirgan mahalla va qishloqlardagi 17 ming 565 xonadonda 104 ming 113 kishi istiqomat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0