Moskvada o‘zbekistonlik farrosh granata topib oldi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishSotrudniki kommunalnix slujb
Sotrudniki kommunalnix slujb - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Granata qor ostida bo‘lgan

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik farrosh Moskvadagi Palexskaya ko‘chasini tozalayotib granata topib oldi.

Granata qor ostida bo‘lgan. Bu haqda "360" telekanali ichki ishlar organlaridagi manbaga tayanib xabar berdi.

48 yoshli farrosh politsiyaga 3-aprel kuni granata topib olganidan keyin xabar bergan. Bu yerga kinolog va saporlar yetib kelgan. Granata kunning ikkinchi yarmida topilgani bois uni zararsizlantirish 4-aprelga qoldirilgan.

Manbaning aytishicha, hodisadan prokuratura va tergov qo‘mitasi tumanlararo bo‘limi xabardor.

Yangiliklar lentasi
0