Toshkentda yangi tug‘ilgan chaqaloqni ko‘p qavatli uy oldida qoldirib ketishdi

Obuna bo‘lish
Hozirda qizaloq Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan ona-bola shifoxonasiga joylashtirilgan. Uning onasini aniqlash choralari ko‘rilgan

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylarning oldidan yaqinda tug‘ilgan chaqaloq topildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Meni sotgan onamga maktub: menga sizdan o‘zga xech kim, hech nima kerak emas edi
Xabarda aytilishicha, chaqaloq 1-aprel kuni kechasi topib olingan.

"1 aprel kuni soat 22.00larda, 17-daxa 1-uy oldida matoga o‘ralgan 7-10 kunlik sog‘lom qiz bola chaqaloq topilgan", — deb ta’kidlangan IIV xabarida.

Hozirda qizaloq Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan ona-bola shifoxonasiga joylashtirilgan. Uning onasini aniqlash choralari ko‘rilgan.

IIV surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0