Kim Chen In Xitoy rahbari bilan uchrashdi

© Ju Peng / Xinhua via APKim Chen In v Kitae. 28-marta 2018 goda
Kim Chen In v Kitae. 28-marta 2018 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy tashrifi Kim Chen In hukumat boshiga kelganidan buyon birinchi xorijiy safar bo‘ldi. OAVlari ushbu uchrashuvning dastlabki tafsilotlarini e’lon qilishdi.

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Xitoy 25-28 mart kunlari Xitoyga norasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar qilmoqda Sinxua axborot agentligi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu tashrif Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin taklifiga binoan amalga oshirilgan. Xitoyga Shimoliy Koreya rahbari o‘z rafiqasi Li Sol Chju bilan birga kelgan.

Fotografiya Kim Chen Ina i Donalda Trampa na ekrane televizora - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen In AQSh bilan tinchlik shartnomasini imzolamoqchi

Shimoliy Koreya rahbarining ilk bor amalga oshirilgan xorijiy safari haqida ko‘plab xorijiy OAVlar xabar berdi. Yaponiyaning Kiodo agentligi aytishiga qaraganda Kim Chen In chegaradan maxsus poyezdda o‘tgan. Pekinda esa Shimoliy Koreya rahbari rasmiy davlat belgilari bo‘lmagan kortedjda harakatlangan.

“Tashrif davomida Si Szinpin va Kim Chen In Pekindagi Xalq yig‘inlari uyida muzokaralar o‘tkazishgan. Si Szinpin va uning rafiqasi Pen Liyuan KXDR rahbari va uning rafiqasi sharafiga ziyofat uyushtirishdi”, — deb xabar qilmoqda Sinxua.

Ikki davlat rahbarlari orasida bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Shimoliy Koreya rahbari Si Szinpin ushbu lavozimga qayta tayinlanishi munosabati bilan uni shaxsan tabriklashni o‘z vazifasi deb hisoblashini aytgan. Kim Chen Inning fikriga ko‘ra bu “Xitoy v KXDR orasidagi do‘stonaviy ana’analarga muvofiqdir”.

Si Szinpin, o‘z navbatida, Pekin Pxenyanning Koreya yarim orolida vaziyatni yaxshilashga qaratilgan sa’y harakatlarini yuqori baholashini va koreyalar orasidagi aloqalarni yaxshilash tarafdori ekanini  ta’kidladi. Bu borada Pekin Shimoliy Koreyadan tinlik muzokaralari o‘tkazish uchun aniq harakatlar qilish zarurligini ta’kidladi.

“Bu sohada Xitoy o‘zining konstruktiv vazifasini bajarishda davom etadi va Koreya yarim orolida vaziyatni yumshatish maqsadida, barcha tomonlar, jumladan KXDR bilan ham ishlashda davom etadi”, — dedi Xitoy rahbari.  

O‘z navbatida Shimoliy Koreya rahbari ham AQSh va Janubiy Koreya rahbarlari bilan uchrashishga tayyor ekanini bildirdi.

Ushbu tashrif Kim Chen Inning 2011-yilda otasi vafot etib hukumat boshiga kelganidan buyon birinchi xorijiy safari bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0