"Yanami" demang: Namanganda “iPhone” ortidan hojatxonaga tushganlar halok bo‘ldi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishStart prodaj iPhone X v Rossii
Start prodaj iPhone X v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda butun bir mintaqa taqdiri hal bo‘layotgan kunlarda Namangan viloyatida ikki inson o‘z hayotini matoh tufayli qurbon qildi

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Kecha, 25-mart kuni soat 22:00 da Namangan viloyatining Pop tumanida yashagan, 1986-yilda tug‘ilgan B.Rahmatov uyi hovlisida joylashgan hojatxonasiga tushib ketgan "I Phone" mobil telefonini olish maqsadida qo‘shnisi, 1985-yilda tug‘ilgan E.Niyazovni yordamga chaqirgan.

Vrach - Sputnik O‘zbekiston
"Shifokor nega xojatxonaga tushdi?" - Namangan viloyati FVV boshqarmasi izohi
Shundan keyin B.Rahmatov arqon yordamida hojatxona ichiga tushgan va hushini yo‘qotgan Shunda E.Niyazov, B.Rahmatovni qutqarish maqsadida hojatxona ichiga tushib u ham hushini yo‘qotgan.

Keyin B.Rahmatovning birga yashovchi otasi, 1956-yilda tug‘ilgan H.Rahmatov ularni qutqarish maqsadida hojatxonaga tushgan vaqtida u ham is gazidan zaharlangan.

E.Niyazov, B.Rahmatov, H.Rahmatovlar O‘zR FVV viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan chuqurdan olib chiqilganlarida E.Niyazov va B.Rahmatovlar zaxarlanib voqea joyida halok bo‘lganlari aniqlandi. H.Rahmatov esa kasalxonaga yotqizilgan.

Ayni vaqtda tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 13-iyul kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida xojatxonasida Samsung Galaxi telefonini olib chiqaman deb, uch kishi halok bo‘lgan edi.

Halok bo‘lganlarning biri shifokor ekanligi jamoatchilik orasida katta shov-shuv va bahs-munozaralarni keltirib chiqargandi.

Yangiliklar lentasi
0