"Toshkent deklaratsiyasi" loyihasi ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBivshaya gostinitsa Tashkent
Bivshaya gostinitsa Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yakuniy Toshkent deklaratsiyasi, 27-mart kuni anjumanda ishtirok etadigan mamlakatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari diqqatiga taqdim etiladi.

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Bugun Toshkentda O‘zbekiston va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlari hamda Toshkent anjumanida ishtirok etadigan delegatsiyalar ekspertlarining tayyorgarlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Flagi stran-uchastnis konferensii - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonga bag‘ishlangan yuqori darajali Toshkent anjumani

Ushbu yig‘ilishda, "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" — xalqaro anjumani yakunida imzolanishi kutilayotgan — Toshkent deklaratsiyasi loyihasi ko‘rib chiqildi va muvofiqlashtirildi. Yakuniy Toshkent deklaratsiyasi, 27-mart kuni anjumanda ishtirok etadigan mamlakatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari diqqatiga taqdim etiladi, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 26-27 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent anjumaniga BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh va tashkilotning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili nataliya German, YeIning xorijiy ishlar, siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va BAA tashqi ishlar vazirlari taklif qilingan.

Yangiliklar lentasi
0