O‘zbekiston banklariga pasport va guvohnomasiz kirishga ruxsat beriladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishRabota "Yuniastrum Bank"
Rabota Yuniastrum Bank - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endi banklar mijozlarga mijozlarga xizmat ko‘rsatish hududiga to‘sqinliksiz kirish hamda dastlabki qabul qilish ma’muriyat xodimlaridan ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari to‘g‘risida dastlabki maslahatlarni olish imkonini yaratadi

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 1-iyuldan banklarda yangi tartib joriy etiladi. Unga ko‘ra, mijozlar bankka dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kira olishadi.

Bu haqda O‘zbekiston prezidentining qaroriga asoslanib Sputnik muxbiri xabar berdi.

Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-fevraldan barcha banklar ish tartibi o‘zgaradi

Bugungi kunda mahalliy banklar go‘yoki maxsus qamoqxonani eslatadi, kirish eshigi oldida turniketlar o‘rnatilgan bo‘lib, bundan tashqari bankka kirayotganlarning hujjatini tekshiruvchi militsiya xodimi turadi.

Endi banklar mijozlarga mijozlarga xizmat ko‘rsatish hududiga to‘sqinliksiz kirish hamda dastlabki qabul qilish ma’muriyat xodimlaridan ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari to‘g‘risida dastlabki maslahatlarni olish imkonini yaratadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shuningdek, uzoq yillardan beri aholini qiynab kelgan muammoni bartaraf qilish bo‘yicha ham topshiriq berdi. Respublikada keyingi 20-yil davomida kredit buyurtmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va kredit berish borasida shaffof va tushunarli tizim yaratilmagandi.

Investitsii v biznes - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston firmalari kredit sifatida qariyb 100 million dollar olishadi

Prezident qarorida banklar 1-iyuldan kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risida xabardor qilish yoki uni berishni asosli rad etish tartibini ko‘rsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish uchun sharoitlarni yaratishi belgilab qo‘yildi.

Hujjatga ko‘ra, kredit tashkilotlariga mikroqarz shartnomalari, shuningdek, lombardlar tomonidan tuzilgan kredit shartnomalari bo‘yicha yillik qarz summasining yarmidan ko‘p miqdorida foizlar hisoblash, komissiya undirish va neustoyka (shtraf, penya), javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llash taqiqlandi.

Bundan tashqari, ularga kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish, ssuda hisobraqamlariga xizmat ko‘rsatish, kreditlar ajratish uchun to‘lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar (mikroqarzlar)ni muddatidan ilgari qoplash uchun neustoyka undirishlari man etiladi. 

Yangiliklar lentasi
0