Chiqarib yuborilayotgan rossiyalik diplomatlar Londondagi elchixonani tark etishdi

© REUTERS / Toby MelvilleSotrudniki posolstva RF v Londone. 20-marta 2018
Sotrudniki posolstva RF v Londone. 20-marta 2018 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birlashgan qirollikni oila a’zolari bilan birga qo‘shib hisoblaganda jami saksonga yaqin kishi tark etdi

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Buyuk Britaniya tomonidan chiqarib yuborilayotgan rossiyalik diplomatlar Londondagi elchixonani tark etishdi, deb xabar qildi RIA Novosti muxbiri Mariya Tabak.

O‘ndan ziyod mashinalar va mikroavtobuslardan iborat kolonna aeroport tomon yo‘l olgan. Hamkasblarini kuzatishga elchixonaning barcha xodimlari chiqishgan.

Sotrudniki ekstrennix slujb v zashitnoy odejde rabotayut vozle skameyki, gde v Solsberi nashli otravlennix bivshego rossiyskogo razvedchika Sergeya Skripalya - Sputnik O‘zbekiston
Buyuk Britaniya Rossiyaga "Skripal ishi" bo‘yicha birga tergov olib borishni taklif etdi
Rossiyaning Londondagi elchisi Aleksandr Yakovenko ketayotgan diplomatlar bilan xayrlashish uchun aeroportga shaxsan tashrif buyuradi.

London Rossiyaning jami 23 nafar diplomatini chiqarib yubormoqda. Britaniya hukumati ushbu qarorni Razvedka Bosh boshqarmasi sobiq ofitseri Sergey Skripalning o‘limida Rossiyaning aloqadorligi munosabati bilan qabul qilganligini ma’lum qilgan.

Birlashgan qirollikni oila a’zolari bilan birga qo‘shib hisoblaganda jami saksonga yaqin kishi tark etdi.

Moskva tomonidan javob chorasi tariqasida chiqarib yuborilayotgan britaniyalik diplomatlar tez kunlarda o‘z vatanlariga qaytishadi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Solsberida razvedka boshqarmasining sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi zaharlangani sababli mamlakatdan Rossiyaning 23 nafar diplomati chiqarib yuborilishini e’lon qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Solsberidagi voqeaga "katta ehtimol bilan" Rossiya aloqador.

Rossiyaning Londondagi elchisi Aleksandr Yakovenko mazkur vaziyatni izohlar ekan, rossiyalik diplomatlar Buyuk Britaniyani 20-mart kuni tark etishlarini bildirdi.

"Skripal ishi" bo‘yicha Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham munosabat bildirgan.

Rossiya rahbari mamlakatda kimoviy qurol yo‘qligini — uni xalqaro kuzatuvchilar nazoratida yo‘q qilishganini ma’lum qilgan. Shuningdek, Putin Moskva surishtiruv ishlarida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini, ammo bu borada ikkinchi tomonning ham qiziqishi bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidlab o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0