IIV Navro‘z kunlarida xavfsizlik choralarini ta’minlash kuchaytirilganini bildirdi

© AP Photo / Mikhail MetzelUzbekskie militsioneri
Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida, Toshkent shahri va viloyat markazlaridagi transport vositalarining oqimi katta bo‘lgan 121 chorrahasiga videokameralar o‘rnatilgan

TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Navro‘z bayrami sayillari o‘tkazilishi rejalashtirilgan 275 maskanda jamoat tartibini saqlash, favqulodda holatlarning oldini olish, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari kuchaytirildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i – ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Qutbiddin Burhonov ma’lum qildi.

Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Navro‘z kuni bayram tadbirlari o‘tkaziladigan manzillar e’lon qilindi

Uning bildirishicha, bayram sayillari o‘tkaziladigan joylar, uning atrofidagi subyektlar, aholi turarjoylari hamda boshqa maskanlarning yong‘inga qarshi holati o‘rganib chiqilib, yong‘in sodir etilishi mumkin bo‘lgan bino va inshootlar aniqlandi hamda tegishli choralar ko‘rildi.

Qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida, Toshkent shahri va viloyat markazlaridagi transport vositalarining oqimi katta bo‘lgan 121 chorrahasiga videokameralar o‘rnatilgan.

Burhonovning aytishicha, Navro‘z bayrami munosabati bilan besh kunlik ta’til e’lon qilingani bois aholining diqqatga sazovor joylar, Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlariga sayohat qilishi kutilmoqda. Joylardagi xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari tomonidan bu masalaga alohida e’tibor qaratilib, sayyohlar xavfsizligini ta’minlash choralari kuchaytirildi.

Yangiliklar lentasi
0