MDHda eng baxtli mamlakat – O‘zbekiston, eng baxtsizi – Ukraina deb e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston o‘tgan yilgi o‘rniga nisbatan uch pog‘ona yuqoriladi, Ukraina esa olti pog‘ona pastladi

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston BMTning eng baxtli mamlakatlar reytingida 44-o‘rinni egalladi, Ukraina esa 138-o‘rindan joy oldi. Bu ko‘rsatkich The World Happiness Report hisobotida aks etdi.

Hisobotda 156 mamlakat baholangan bo‘lib, unda kutilayotgan uzoq umr ko‘rish darajasi, ijtimoiy himoya, korrupsiya va boshqa ko‘rsatkichlar hisobga olingan.

MDHdagi eng baxtli insonlar O‘zbekistonda yashaydi

O‘zbekiston o‘tgan yilgi hisobotda 47-o‘rindan, Ukraina 132-o‘rindan joy olgandi.

2018 yilda Tojikiston 96-o‘rindan 80-o‘ringa va Qirg‘iziston 92-o‘ringa ko‘tarilib o‘z "baxtlilik" ko‘rsatkichlarini yaxshilab olishdi.

Armaniston 121-o‘rindan 129-o‘ringa, Ozarbayjon 85-o‘rindan 87-o‘ringa, Belorussiya 67-o‘rindan 73-o‘ringa, Moldaviya 56-o‘rindan 67-o‘ringa tushib ketdi. Qozog‘iston o‘tgan yilgi 60-o‘rnida qoldi.

Eng baxtli mamlakatlar o‘nligiga esa Finlyandiya, Norvegiya, Daniya, Islandiya, Shveysariya, Niderlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Shvetsiya va Avstraliya kirdi. Rossiya 10 pog‘ona pastlab 59-o‘rinni egalladi.

Eng baxtli mamlakatlar haqidagi ilk hisobot 2012-yilda e’lon qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0