Yuk avtomashinalarining og‘irlik ko‘rsatkichlarini nazorat qiluvchi maskanlar ochiladi

© Sputnik / Yevgeniy Karasev / Mediabankka o‘tishVoditel furi na tamojennom postu v Chernyaxovske.
Voditel furi na tamojennom postu v Chernyaxovske. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikada yuk mashinalarining og‘irlik va gabarit ko‘rsatkichlari nazoratini joriy etish bo‘yicha statsionar va ko‘chma maskanlar tashkil qilinadi

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin vaqtlarda avtotransport vositalarining og‘irlik va gabarit ko‘rsatkichlari nazoratini joriy etish bo‘yicha statsionar va ko‘chma maskanlar ochiladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri prezident qaroriga asosan.

Xususan, avtotransport vositalarining og‘irlik va gabarit ko‘rsatkichlari nazoratini joriy etish bo‘yicha statsionar va ko‘chma maskanlarni amalda joriy etish chora-tadbirlari rejalashtirilmoqda. Ularning bir qismi avtomatik rejimda ishlab, barcha ma’lumotlar yagona markazga yuboriladi.

Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Qozog‘istonga yangi poyezd yo‘nalishlari qachondan ochilishi ma’lum bo‘ldi

Bunday maskanlarni tashkil qilish asosiy maqsadlardan biri — avtomashinalarning og‘irlik va gabarit ko‘rsatkichlari nazorat markaziy tizim yo‘qligi tufayli yo‘llar buzilmoqda.

Bugungi kunda respublika hududi orqali 20 ga yaqin (Rossiya, Yevropa ittifoqi, Kavkaz, Afg‘oniston, Pokiston, Eron, Turkiya va Xitoy) xalqaro transport yo‘nalishlar o‘tgan.

Yuk mashinalarning ko‘p qatnovi O‘zbekiston yo‘l qatlamiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yana bir muhim jihat — respublika hududi orqali yuklar tranziti tartibi soddalashtirildi. Xususan 2018-yilning 1-martidan boshlab aksiz solig‘iga tortiladigan yuklarni avtomobil yoki temiryo‘l transporti orqali respublika hududidan olib o‘tganda Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi talab qilinmaydi.

Yangiliklar lentasi
0