Jeenbekov O‘zbekiston bilan chegara delimitatsiyasini tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

Obuna bo‘lish
Jeenbekov davlat chegara xizmati raisi Ularbek Sharsheyev va chegara delimitatsiyasi masalalari bo‘yicha davlat maxsus vakili Kurbanbay Iskandarov bilan uchrashdi

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaralaridagi muammoli masalalari bo‘yicha delimitatsiya ishlarini tezlashtirish to‘g‘risida topshiriq berdi, deb xabar qildi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati.

Otkritie KPP Dostuk na granitse Kirgizstan-Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston chegarasida qo‘shimcha pasport tekshirish punktlari ochiladi

Jeenbekov davlat chegaralari xizmati raisi Ularbek Sharsheyev va chegaralarni delimitatsiyasi masalalari bo‘yicha davlat maxsus vakili Kurbanbay Iskandarov bilan uchrashdi.

"Davlat chegaradagi vaziyat, shuningdek nazoratdan-o‘tkazish punktlari ish faoliyatini takomilashtirish masalalari muhokama qilindi. Prezident Sooronbay Jeenbekov Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralarida olib borilayotgan delimitatsiya ishlarini tezlashtirish haqida topshiriq berdi", — deyilgan xabarda.

Iskandarovning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek-qirg‘iz davlat chegara uchastkalarida qolgan joylar bo‘yicha jadal ravishda ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 2018-yil mart oyida Tojikiston chegarasida kelishilmagan joylar bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Qirg‘izistonda O‘zbekiston bilan chegarasida 20 taga yaqin kelishilmagan uchastkalar bor, ular ichida chegara oldidagi Andijon suv ombori va ikkita o‘zbek anklav hududlari. Tojikiston bilan esa 70 ta uchastkalar bo‘yicha kelishish zarur.

Yangiliklar lentasi
0