TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekiston Tojikiston gidroenergetikasini rivojlantirishga yordam beradi, dedi Sputnik radiosi efirida Rosssiya strategik tadqiqotlar instituti markaziy osiyoga oid tadqiqotlar sektori rahbari Dmitriy Aleksandrov.
"Chegarani delimitatsiya qilish, o‘ta qat’iy bo‘lgan chegara rejimi, umumiy infratuzilmalarning tegishliligi singari sohalarda anchagina muammolar to‘planib qolgan.
Ikki davlat munosabatlariga soya solib turgan eng muhim masalalardan biri — suv resurslari taqsimoti masalasi bo‘lib, bu Tojikiston territoriyasida yirik gidroenergetik stansiyani qurilishidir", — deb aytgan Dmitriy Aleksandrov.
Ekspert shuningdek, Tojikiston uchun suv — bu muhim energetik resursligini, O‘zbekiston uchun esa u qishloq xo‘jaligida juda kerakligini ta’kidladi.
Hozirda O‘zbekiston uchun Tojikiston bilan munosabatlar ustuvorligi sabab, Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga safari sermahsul va qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda.
Ushbu tashrif davomida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalarga to‘xtalar ekan, ekspert chegarani kesib o‘tish, viza tartibining bekor qilinishi, chegaralarni demarkatsiya qilish borasida kelishuvlar imzolanishi mumkin, deya fikr bildirdi.
Ekspert prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston, shuningdek, Tojikistonning gidroenergetika infratuzilmasiga ham ma’lum miqdorda moliyaviy sarmoya kiritishi mumkin.