Mirziyoyev Rossiya moliya vaziri bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston rahbari Rossiya moliya vazirini qabul qildi
O‘zbekiston rahbari Rossiya moliya vazirini qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti 6-mart kuni ikki tomonlama idoralararo maslahatlashuvlar o‘tkazish uchun mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi moliya vaziri Anton Siluanovni qabul qildi

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Rossiya moliya vazirini qabul qildi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidentining matbuot-xizmati.

Ministr obrazovaniya i nauki RF Olga Vasilyeva - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya oliygohlarida O‘zbekiston talabalari uchun 203 ta budjet o‘rinlar ajratildi
Uchrashuvda moliyaviy sohadagi samarali muloqotni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Moliya, soliq va bojxona organlarini modernizatsiya qilish, mahalliy budjetlar daromadlarini oshirish va mutanosibligiga erishish, moliyaviy nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ilg‘or tajriba, texnologiyalar va bilimlarni jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yirik savdo va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish borasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Moliya vaziri Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va hukumati raisi Dmitriy Medvedevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Anton Siluanov Rossiya moliyaviy sohadagi keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishdan manfaatdorligi, bu boradagi sheriklikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0