TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Misrning Qizil dengiz provinsiyasi jinoiy sudi narkotiklar kontrabandasida aybdor deb topilgan 12 kishini o‘limga mahkum etish to‘g‘risida hukm chiqardiBu haqda "al-Masri al-Yaum" portali xabar qilgan.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, "ayblanuvchilar Yamandan Misrning Al-Kuseyr portiga 113 kilogramm geroinni olib o‘tayotgan vaqtda politsiya tomonidan qo‘lga olingan".
Po dannim prokuraturi, "obvinennie bili poymani s polichnim pri kontrabande morem iz Yemena v yegipetskiy port El-Kuseyr 113 kilogramm geroina".
Narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchilarga Misr oliy muftiysidan rozilik olinganidan keyin o‘lim jazosi hukmi chiqarilgan. Mahalliy qonunlarga ko‘ra, har qanday instansiyadagi fuqarolik sudlarining o‘lim haqidagi qarorlari aynan muftiy tomonidan tasdiqlanadi.