TOShKENT, 27 fev — Sputnik. "YuTeyr" aviakompaniyasi O‘zbekistondagi vakolatxonasini yopishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti aviatashuvchining matbuot xizmatiga asoslanib.
Kompaniya kuzatuv kengashining ushbu masala bo‘yicha yig‘ilishi 2-martda bo‘lib o‘tadi.
Aviakompaniya vakolatxonasi 2012-yilda ochilgandi. "YuTeyr" Moskvadan Toshkent va Buxoroga qatnovlarni amalga oshiradi.
Kompaniya bu borada hozircha izoh bermagan.
"YuTeyr" aviakompaniyasi samolyot va vertolotlar servisi, aviatashuv xizmatini ko‘rsatish, aviatsiya xodimlarini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarni o‘z ichiga olgan "YuTeyr" (UTair) guruhi tarkibiga kiradi.