O‘zbekistonda xayriya hashari o‘tkaziladi

© StringerVsenarodniy xashar proxodit v Uzbekistane v 11-12 marta. Grajdane aktivno blagoustraivayut territorii i uchastvuyut v ix ozelenenii. Rayon Starogo goroda, Chorsu
Vsenarodniy xashar proxodit v Uzbekistane v 11-12 marta. Grajdane aktivno blagoustraivayut territorii i uchastvuyut v ix ozelenenii. Rayon Starogo goroda, Chorsu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimining "2018 yilning fevral-mart oylarida obodonlashtirish va tozalik oyligini o‘tkazish to‘g‘risida"gi farmoyishi e’lon qilindi

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Joriy yilning fevral-mart oylarida obodonlashtirish, tozalik oyligi hamda 3-4, 10-11-mart kunlari "Ozodalik kuni" deb e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Navruz v turisticheskom komplekse Etnomir - Sputnik O‘zbekiston
Navro‘z bayramini nishonlash to‘g‘risida prezident qarori e’lon qilindi
"Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zoro mehr oqibat xamjixatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mexr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, poytaxtning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida Toshkent shahar hokimi 2018-yil 23-fevral kuni "2018 yilning fevral-mart oylarida obodonlashtirish va tozalik oyligini o‘tkazish to‘g‘risida"gifarmoyishga imzo chekdi", — deyiladi xabarda.

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi hamda hasharni o‘tkazish doirasida mahallalar, aholi yashash joylari, ko‘p qavatli binolar va uylar atrofi, guzarlar, hiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar, ariqlar, ko‘cha va yo‘laklarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish; barcha turar joy mavzelari, mahallalarda gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, bo‘sh hududlarda bog‘lar barpo etish, daraxtlarni oqlash va ularga shakl berish belgilangan.

Shuningdek yordamga muhtoj keksalar, pensioner va nogironlar, yolg‘iz qariyalarni ijtimoiy himoyalashga hamda boquvchisini yo‘qotgan kam ta’minlangan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish; joylarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini o‘tkazish jarayonida yig‘ilgan chiqindilarni tashkiliy ravishda alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Abdulla Qodiriy bog‘ida hashar - Sputnik O‘zbekiston
Umumxalq Navro‘z hasharida 22 million kishi ishtirok etdi

Xayriya hashari qatnashchilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan ta’minlash vazifalari yuklatildi.

"Maxsustrans" DUK hamda tuman hokimliklari joylarda obodonlashtirish ishlari o‘tkazilishi jarayonida to‘plangan chiqindilarni belgilangan joylarga olib chiqilishini ta’minlaydilar.

Shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar har bir korxona va tashkilotga obodonlashtirish, sanitar tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun tashkilotga ajratilgan yer maydoniga tutash bo‘lgan hududlarda obodonlashtirish ishlarini olib borilishi tavsiya etilgan.

Toshkent shahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mahalla va mavzelarda, ta’lim muassasalari, jamoat transporti, bozorlar, umumiy ovqatlanish shahobchalari, suv tarmoqlarida sanitariya qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlarini amalga oshiradi.

Farmoyishda Xalq ta’limi bosh boshqarmasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi bilan hamkorlikda shanba va yakshanba kunlari o‘tkaziladigan "Ozodalik kuni"ni ko‘p qavatli uylar atrofida targ‘ib qiluvchi va yoshlarni chorlovchi shiorlar bilan ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0