Janubiy Koreya O‘zbekiston qovunlari importini tiklamoqchi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishProdaja din na prodovolstvennom rinke
Prodaja din na prodovolstvennom rinke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgari O‘zbekiston Janubiy Koreya bozorlariga faol tarzda qovunlarni yetkazib berar edi, ammo Koreya karantin xizmatlari ushbu tovarda meva chivinini aniqlagach, import to‘xtatilgandi

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Janubiy Koreya O‘zbekiston qovunlarida aniqlangan zararkunanda haqida to‘liq ma’lumotni olgach, ushbu mahsulot importi qaytadan tiklanishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Toshkentga ishchi tashrif bilan kelgan Koreya Bosh vaziri o‘rinbosari, Koreya respublikasi strategiya va moliya vaziri Kim Dong Yon tomonidan xuddi shunday bayonot qilingan.

Prodaja din na prodovolstvennom rinke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston ilk bor AQShga qovun eksport qildi
Ta’kidlab o‘tish joizki, ilgari O‘zbekiston Janubiy Koreya bozorlariga muntazam qovunlarni yetkazib berar, ushbu mahsulotga u yerlarda talab katta edi. Ammo Koreya karantin xizmatlari tovarda meva chivinini aniqlagach, import to‘xtatilgan.

O‘zbekiston Tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning so‘zlariga ko‘ra, bugun respublikada yiliga 18 million tonna turli xildagi ekologik toza meva va sabzavotlar yetishtiriladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Koreya bozorlariga sifatli mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni tashkil etish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishdan manfaatdor.

"Biz O‘zbekistondan import qilinadigan gilos va anorga qo‘yilgan ta’qiqni bekor qilgani uchun Koreya tomondan minnatdormiz. Shuningdek, tez orada qovun importiga qo‘yilgan ta’qiq ham olib tashlanishiga umid qilamiz", — dedi vazir iqtisodiy hamkorlik masalalari yuzasidan o‘tkazilgan o‘zbek-koreya yig‘ilishida.

Plodoovoshnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot yetkazish hajmi ikki-uch baravarga oshishi mumkin
Shu bilan birga, Xodjayev, O‘zbekiston mahsulotni eng maqbul narxlarda va sifat talablariga to‘liq amal qilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishini va’da qildi.

Xodjayev,  agar Koreya tomon qo‘llab-quvvatlasa, O‘zbekiston o‘z hududida zamonaviy laboratoriyalari bo‘lgan tegishli karantin infratuzilmasini hamkorlikda tashkil etishga tayyorligini bildirgan.

O‘z navbatida, Kim Dong Yong mahsulot to‘liq o‘rganilgach, qovundan ta’qiq olib tashlanishi masalasini ko‘rib chiqishga va’da bergan.

Bundan tashqari, Koreya tomon O‘zbekistondan meva va sabzavotlar importini kengaytirish niyatida ekanligini bildirib o‘tgan.

Fruktoviy naturmort - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan Koreyaga gilos eksporti taqiqi olib tashlandi
Janubiy Koreya Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakili No Yong Xoning so‘zlariga ko‘ra, ular O‘zbekiston tomondan import qilinishi mumkin bo‘lgan 66 turdagi mahsulot ro‘yxatini olishgan. Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, bu masala ayni vaqtda ko‘rib chiqilish jarayonida.

Toshkentda koreyaliklar bilan o‘tkazilgan muzokaralar davomida O‘zbekiston tomon import bojxona bojlarining yuqori stavkalaridan shikoyat qilishgan va aynan shu holat O‘zbekiston meva-sabzavotlari mahsulotlarining Koreyaga yetkazib berilishida ma’lum ma’noda cheklov qo‘yayotganini ta’kidlashgan.

Xususan, dukkakli don ekinlariga solinadigan bojlarning o‘rtacha miqdori — 60%, anor, qaroli va uzumga — 45%, gilos va qovun mahsulotlariga esa — 30% yuqoriligi ta’kidlangan.

Ushbu munosabat bilan o‘zbek amaldorlari koreyalik hamkorlarni tariflarni pasaytirish imkonini ko‘rib chiqishga chaqirishgan. Bu Koreyaga sifatli mahsulotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish imkonini berishi aytildi.

Yangiliklar lentasi
0