TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Rossiya musulmonlari O‘zbekistonni o‘zlari uchun qaytadan kashf qilishlari lozim, deb ta’kidladi Moskva musulmonlar diniy boshqarmasi muftiysi Albir Krganov.
Muftiy shuningdek, o‘zbek hukumatiga va mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ziyoratchilar va mehmonlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya musulmonlarini O‘zbekistonning madaniy merosiga faolroq oshno bo‘lishga chorladi.
"MDH davlatlaridan bo‘lgan musulmonlar uchun Rossiyada tomosha qiladigan narsalar ko‘p — bu Kavkaz, Boshqirdiston, Tatarston, Volga bo‘yi va boshqa regionlardir, lekin rossiyaliklar uchun ham O‘zbekistondagi madaniy va me’morchilik obidalari, shuningdek, diniy ulamolar mehnatlari qiziqarli bo‘ladi. Bizning fuqarolarimiz O‘zbekiston va O‘rta Osiyoni o‘zlari uchun qaytadan kashf qilmoqlari lozim", — dedi ishonch bilan muftiy.
Din va jamoat arbobi Krganov O‘zbekistonga amalga oshiriladigan ziyorat turizmi sayyohlarni estetik tomondan boyitibgina qolmay, ularga eng to‘g‘ri mafkuraviy va ma’naviy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tdi.