Rossiya to‘laydi: o‘zbekistonliklardan oliygohlarga hujjat qabul qilish boshlandi

© Sputnik / StringerStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlovda ishtirok etish uchun russia.study.ru saytida ro‘yxatdan o‘tib, kerakli hujjatlarni yuborish zarur

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Rossiya oliygohlarida federal budjet hisobidan o‘qish uchun O‘zbekiston abituriyentlarining hujjatlarini qabul qilish jarayoni boshlandi.

Zdanie ministrestva visshego i srednego obrazovaniya RUz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston kollejlarida barcha xohlovchilar o‘qishi mumkin, darslarni adragoglar olib boradi

Arizalar 26-fevraliga qadar Russia.study.ru sayti orqali qabul qilinadi. 26-fevraldan keyin yuborilgan arizalar va hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi. Oldin Russia.study ro‘yxatga olinganlar esa o‘quv yilini 2018/19 ga o‘zgartirishlari kerak.

Saytda faqat bir marta ro‘yxatdan o‘tish mumkin, shuning uchun ro‘yxatga olishda shaxsiy kabinet yoki kirish parolini eslab qolish zarur.

Tanlovning birinchi bosqichida onlayn ariza-anketa to‘ldirish va unga kerakli hujjatlarni ilova qilish talab etiladi.

O‘zbekistonga 2018/19 o‘quv yilida kvota bo‘yicha qabul to‘g‘risida ma’lumotlarni shaxsiy kabinet yoki Toshkentdagi Rossiya ilm-fan va madaniyat markazi saytidan bilib olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0