Adliya polkovnigi Sayyora Xodjayeva IIBB inson huquqlarini poymol etayotganini ta’kidladi

© Foto : iz lichnogo arxiva Sayyori XodjayevoySayyora Xodjayeva
Sayyora Xodjayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ayollar bilan bog‘liq vaziyat, ularning haq-huquqlari borasida o‘tkazilgan suhbatda huquqshunos Sayyora Xodjayeva fohishabozlikka qarshi kurashning bunday shakli - inson haq-huquqlari va erkinliklari bilan bog‘liq konstitutsiyaviy shartlarga muvofiqligi nuqtayi-nazaridan mutlaqo nomaqbulligini ta’kidladi

TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Fohishalik bilan shug‘ullanayotgan ayollarning suratini ular roziligisiz chop etish — inson huquqlarini poymol etishdir, deb ta’kidladi Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda Adliya polkovnigi, demokratiya va inson huquqlari instituti rahbari Sayyora Xodjayeva.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Toshkent shahar IIBB fohishalik bilan shug‘ullanayotgan ayollar suratlarini o‘z rasmiy saytida e’lon qilgan edi.

Doska pozora: foto pyanix avto-ledi opublikovani na sayte GUVD Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
"Sharmandalar taxtasi": IIBB mast holatda mashina boshqarayotgan xonimlar suratini e’lon qildi
IIBB boshliq o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev so‘nggi vaqtlarda fohishalik bilan shug‘ullangan ayollarning foto suratlarini chop etilishi boshlangani sababini izohlar ekan: "Nima uchun bunday qildik? Chunki ushbu ayollar o‘zlari maxsus saytlarda bemalol o‘zlarining fotosuratlarini, telefon raqamlarini, badan o‘lchamlari, o‘zlarini va xizmatlarini reklama qilishmoqda", — deb ta’kidlagan edi.

Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, huquq tartibot organlari tomonidan bunday choralar faqatgina qo‘lga olingan ayollar va ularning faoliyatlari haqida ma’lumotlar batafsil tekshirib chiqilgandan so‘ng amalga oshirildi. Qo‘lga olingan shaxslar kimdir sudga arz qilmoqchi bo‘lsa, albatta buni qilishlari mumkin. Sud jarayonida IIBB o‘z hatti-harakatlarini tushuntirib beradi.

O‘zbekistonda ayollar bilan bog‘liq vaziyat, ularning haq-huquqlari borasida o‘tkazilgan suhbatda huquqshunos Sayyora Xodjayeva fohishabozlikka qarshi kurashning bunday shakli — inson haq-huquqlari va erkinliklari bilan bog‘liq konstitutsiyaviy shartlarga muvofiqligi nuqtayi-nazaridan mutlaqo nomaqbulligini ta’kidladi.

Oyoqlar - Sputnik O‘zbekiston
"ORIYaT" operatsiyasi: Toshkent IIB fohishalarga qarshi urush e’lon qildi
"Fohishabozlikka qarshi kurashning bunday shakli — inson haq-huquqlari va erkinliklari bilan bog‘liq konstitutsiyaviy shartlarga muvofiqligi nuqtayi-nazaridan mutlaqo nomaqbul. Bu ayollarning suratlarini ularning roziligisiz chop etish — inson huquqlarini poymol etishdir! Militsiya xodimlari o‘z hatti-harakatlarini O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksida profilaktikaning barcha choralari ko‘zda tutilgani, go‘yoki fotosuratlarni chop etishga biror ta’qiq yo‘qligi bilan izohlashadi. Ularga javoban, o‘zimning Feysbukdagi sahifamda IIBB oldiga savol qo‘ydim: unda nega bu ayollar xizmatidan foydalangan erkaklar suratlari ham e’lon qilinmayapti? Bu erkaklar birdamligimi yoxud bir tomonlama kurash? Shaxsan men bu kabi holatlarni ayollarni kamsitish, deb hisoblayman. Toki talab bor ekan — taklif ham bo‘ladi! Hurmatli erkaklarimiz ham o‘z harakatlari uchun javob berishsin! Chunki jinsi, irqi, dini va hokazolarga qaramasdan — qonun oldida barcha barobardir", — deb ta’kidladi Xodjayeva.

Yangiliklar lentasi
0