Mirziyoyevning Parlamentga murojaati hujjat sifatida rasmiylashtirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVistuplenie Shavkata Mirziyoyeva pered deputatami Oliy Majlisa
Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva pered deputatami Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Parlamentga murojaati matni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida qiziqish uyg‘otdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati xabar qildi

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaati matni BMT Bosh Assambleyasida qiziqish uyg‘otdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Tarixiy murojaatnomadan iqtiboslar
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaati asosiy qismlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 72-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida "2030 yilgacha davr uchun barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibini amaliy tadbiq etilishi bo‘yicha O‘zbekiston hukumati chora-tadbirlari to‘g‘risida" sarlavhasi ostida tarqatildi.

Hujjat tashkilotning oltita rasmiy tiliga (arab, fransuz, ingliz, ispan, rus va xitoy) tarjima qilindi va BMTda akkreditatsiya qilingan barcha diplomatik vakolatxonalar orasida tarqatildi, shuningdek, BMT Rasmiy hujjatlari tizimida joylashtirildi.

Hujjat to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin", — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabr kuni Parlamentga qilgan murojaati nafaqat O‘zbekiston xalqi, balki chet el davlat rahbarlari va fuqarolari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0