TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. MXX tezkor xodimlari IIV qorovul qo‘shinlariga shartnoma asosida harbiy xizmatga fuqarolarni chaqirish bo‘yicha firibgarlik sxemasini tuzishda gumonlangan ikki nafar fuqarolarni qo‘lga olishdi.
"Tezkor xodimlar Buxoro viloyati Qoroulbozor tumanidagi tez yordam bo‘linmasining shifokor-terapevti 50 yoshli Maxliyo Tuyevani 3,5 ming dollar olayotganda qo‘lga oldilar. Ushbu pul evaziga u IIV qorovul qo‘shinlarida shartnoma asosida harbiy xizmat o‘tashga chaqirilishiga yordam berishga va’da bergan", — deb xabar qildi Sputnik muxbiriga maxsus xizmat xodimi.
Tuyeva uning sherigi borligini ma’lum qiladi. Jumladan, IIV 1-chi alohida qorovul bataloni sobiq harbiy xizmatchisi 1980-yilda tug‘ilgan N.Xujjiyev borligini aytadi. Biroz vatqdan so‘ng u ham 3,5 ming dollar olayotganda ushlandi.
Bosh prokuratura departamenti M.Tuyeva va N.Xujjiyevga nisabatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddalari (pora berish) bo‘yicha jinoyi ish qo‘zg‘atdi.