TOShKENT, 29 yanv – Sputnik. O‘zbekiston chegarachilari talabga bo‘y so‘ngmagan Qirg‘iziston fuqarosiga qarata o‘q uzishdi, deb xabar qildi Qirg‘iziston chegara qo‘shnlari matbuot xizmati.
27 yanvar kuni 1979-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi chegaraga yaqin hududda qo‘y boqib yurgan vaqti O‘zbekiston hududiga o‘tib ketadi. O‘zbekiston chegarachilari uni to‘xtatmoqchi bo‘lganda, u Qirg‘iziston tomonga qochishga urinadi.
Qoidabuzar chegarachilar talabiga bo‘y so‘nmagani, atrof qorong‘u bo‘lgani va uning mahalliy aholi vakili ekanligini aniqlashning iloji bo‘lmagani tufayli, O‘zbekiston chegarachilari qurol ishlatishga majbur bo‘lishadi.
Natijada Qirg‘iziston fuqarosi chap oyog‘ining son qismidan yaralanadi.Qo‘lga olinganidan so‘ng Qirg‘iziston fuqarosi Namangan viloyati Chust tumani kasalxonasiga yotqiziladi.
Ayni damda Qirg‘iziston va O‘zbekiston ushbu vaziyat yuzasidan o‘z tekshiruvlarini olib bormoqda. Qirg‘iziston fuqarosi tekshiruvlar yakunlanganidan keyin uyiga qaytadi.