O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati finaliga chiqdi

© Twitter / O‘zbekiston FFVstrecha Yaponiya U-23 - Uzbekistan U-23
Vstrecha Yaponiya U-23 - Uzbekistan U-23 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu tariqa 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan final bahsida O‘zbekiston va Vyetnam terma jamoalari o‘zaro bellashadigan bo‘ldi

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Xitoyda yigirma uch yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida davom etayotgan Osiyo chempionatining yarim finalida O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrin uchun bo‘ladigan bahsga yo‘l oldi, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" nashri.

Sotrudnik SNB Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Yonib ketgan avtobus, MXX kelajagi va Babayan futboldan umrbod chetlashtirilishi
Murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan o‘yinda hamurtlarimiz 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Uchrashuvda gollarga terma jamoamiz a’zolaridan Zabihullo O‘rinboyev, Azizjon G‘aniyev, Jasur Yaxshiboyev va Akromjon Komilov mualliflik qildi. Raqiblarning yagona javob to‘pi Xvang Xun Su tomonidan darvozamizga kiritildi.

Yana bir yarim final bahsida Vyetnam terma jamoasi qatarlik tengdoshlaridan ustun keldi. Mazkur o‘yinning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Qo‘shimcha daqiqalarda ham shu hisob saqlanib qoldi. Penaltilar seriyasida esa omad vyetnamliklarga kulib boqdi.

Shu tariqa 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan final bahsida O‘zbekiston va Vyetnam terma jamoalari o‘zaro bellashadigan bo‘ldi.

 

Yangiliklar lentasi
0