TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Milliy matbuot markazida juma kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot-xizmati jurnalistlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazdi.
"Press xollda shuningdek, prezidentimiz tomonidan Hukumatimiz, Davlat boshqaruvi va hokimiyati organlari oldiga qo‘yilayotgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan OAV vakillari bilan matbuot-anjumanlari tashkil etiladi", — dedi Komil Allamjonov.
Allamjonov shuningdek, Press xoll faoliyati prezident Shavkat Mirziyoyevning "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" g‘oyasidan kelib chiqib yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi.
Endilikda O‘zbekiston Hukumati a’zolari va boshqa mansabdor shaxslar jurnalistlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berib boradilar.