Mirziyoyev 14-yanvarni haqiqiy xalq bayrami sifatida nishonlashga topshiriq berdi

© podrobno.uzMinisterstvo oboroni Respubliki Uzbekistan ustroila aksiyu v ramkax organizovannogo avtoprobega kolonni avtomobiley voyennogo vremeni
Ministerstvo oboroni Respubliki Uzbekistan  ustroila aksiyu v ramkax organizovannogo avtoprobega kolonni avtomobiley voyennogo vremeni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vatan himoyachilari kunini rasmiyatchilikdan xoli, ko‘tarinki va ta’sirchan ruhda, haqiqiy xalq bayrami sifatida, yangicha shaklda tashkil etish zarur, dedi Mirziyoyev

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Endilikda O‘zbekistonda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni haqiqiy xalq bayrami sifatida nishonlanadi, bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Marsh avtokolonni posvashenniy 9-Maya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Vatan himoyachilari kunini harbiy marshlar bilan nishonlaydi
"Vatan himoyachilari kunini nishonlash masalasiga alohida to‘xtalib o‘tish lozim, deb hisoblayman.

Ma’lumki, hozirga qadar biz ushbu sana munosabati bilan Toshkent shahrida respublika miqyosida tantanali bir tadbir o‘tkazish bilan cheklanar edik. Bunday tajriba endi eskirib qoldi va undan voz kechish vaqti keldi, deb o‘ylayman.

Bu masalaning hayotimizdagi o‘ta muhim, aytish mumkinki, hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini inobatga olib, Vatan himoyachilari kunini rasmiyatchilikdan xoli, ko‘tarinki va ta’sirchan ruhda, haqiqiy xalq bayrami sifatida, yangicha shaklda tashkil etish zarur.

Bunday tadbirlarni ayniqsa hududlarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda harbiy-ma’muriy sektorlar — mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari ishtirokida, yuksak saviyada o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish darkor", — dedi prezident.

Yangiliklar lentasi
0