TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Jasur Ibragimovning o‘limida ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Islom To‘laganovning otasi Toshkent shahar sudiga kassatsion ariza bilan murojaat qildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga jabrlanuvchi tomonning advokati Lola Ismailova.
Ariza 12-yanvar kuni Toshkent shahar sudalar kollegiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 3-may kuni Borovskiy tibbiyot kolleji talabalari o‘rtasida ro‘y berib, nafaqat O‘zbekiston, balki xorijiy OAVlar tomonidan keng yoritib kelingan, fojiani keltirib chiqargan mushtlashuv yuzasidan boshlangan sud 2017-yil 30-oktabr sanasida o‘z nihoyasiga yetgan edi.