Andijon viloyatidagi ikki tumanga hokimlar tayinlandi

© Foto, Elmurod ErmatovAndijan. Oblastnoy xokimiyat.
Andijan. Oblastnoy xokimiyat. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buloqboshi va Ulug‘nor tumanlariga hokimlar tayinlandi

TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Andijon viloyatining Buloqboshi va Ulug‘nor tumanlariga hokimlar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, O‘tkirbek Komiljonovich Mamurov Buloqboshi tumani hokimi etib tayinlandi.

Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Andijon shahri hokimi jarimaga tortildi - Bosh prokuratura

O‘tkirbek Mamurov 1973-yilda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda K.Timirazev nomli Moskva qishloq xo‘jalik akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — olim-agronom-agroximik-tuproqshunos.

U 2014-yildan shu vaqtga qadar Andijon viloyati g‘o‘za urug‘chiligi birlashmasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Ulug‘nor tumaniga esa Doniyor To‘ychiyevich Maxsudov hokim etib tayinlandi.

Doniyor Maxsudov 1976-yilda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan, 1998-yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini (sirtqi), 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — iqtisodchi.

U 2011-yildan buyon Buloqboshi tumaniga hokimlik qilib kelayotgandi.

Yangiliklar lentasi
0