MXX ochiq eshiklar kunini o‘tkazdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVoyennoslujashiy VS RUz
Voyennoslujashiy VS RUz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MXX institutida tashkil etilgan ochiq eshiklar kuniga Toshkent shahridagi akademik litseylarning 200dan ortiq o‘quvchilari, murabbiylari boshchiligida taklif etilganligi ta’kidlandi

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. MXXda ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi, deb xabar berdi "O‘zbekiston 24" telekanali.

Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
MXXni ulkan islohotlar kutmoqda
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 26-yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoyishiga muvofiq Milliy xavfsizlik xizmati institutida ochiq eshiklar o‘tkaldi.

Oliygohda tashkil etilgan ochiq eshiklar kuniga Toshkent shahridagi akademik litseylarning 200dan ortiq o‘quvchilari, murabbiylari boshchiligida taklif etilganligi ta’kidlandi.

Yosh yigit va qizlar kursantlar yotoqxonasida va undagi sharoitlar, o‘quv binosining til tayyorgarlik, kompyuter va lingafon o‘quv-xonalari hamda konferens zallarni ko‘zdan kechirishgan.

O‘quvchilar shuningdek Milliy xavfsizlik xizmati qurol-yarog‘ muzeyida ham bo‘lishgan.

 

Yangiliklar lentasi
0