O‘zbekistonda Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqiladi

© AP Photo / Anvar IlyasovSotrudnik SNB Uzbekistana
Sotrudnik SNB Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga "Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to‘g‘risida"gi va "Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etdi

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga "Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to‘g‘risida"gi va "Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev yangi - 2018-yil nomini e’lon qildi

Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomasiga bag‘ishlangan anjuman davom etmoqda.

Yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev respublika huquqni muhofaza qiluvchi organ faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Dunyoning ba’zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, o‘z navbatida, terrorizm va ekstremizm tarqalishiga hamda bu illatlar global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda. Bunday vaziyatda milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Aynan shu nuqtayi nazardan va globallashuv davrining barcha tahdidlarini inobatga olgan holda Milliy xavfsizlik xizmati idoralari faoliyatini ham isloh qilish vaqti keldi", — dedi Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu munosabat bilan "Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to‘g‘risida"gi va "Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida"gi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etdi.

Yangiliklar lentasi
0