Mirziyoyev: hokimga kim huquq bergan birovni haqorat qilishga?!

© FacebookShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Odamlar bilan gaplashishni bilmagani uchun hokimlar jazoga tortildi, dedi O‘zbekiston prezidenti

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni o‘tkazgan yig‘ilishda 2017-yil xalq bilan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari hayotiy muammolarini samarali hal etish bo‘yicha yangi tizim yaratilgani, joylarda rahbarlarning yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini tezlik bilan bartaraf etish yuzasidan shaxsiy javobgarligi kuchaygani mazkur tizimning muhim natijasi bo‘lganini ta’kidladi.

Portfel - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston milliy axborot agentligi andijonlik so‘kong‘ich hokimni tanqid qildi
"Bu nima degani? Salgina bo‘lsayam ijro organining hamma quyi bo‘g‘inida javobgarlik bo‘ldi. Nimaga? Nazorat bo‘ldi. Qanaqa? Prezident qabulxonasiga boradi", — dedi o‘z nutqi davomida Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari hali odamlar o‘zgarmaganini qo‘shimcha qildi.

"Hali odamlar o‘zgargani yo‘q. Madaniyati o‘zgargani yo‘q. Rahbarlarimizni, hokimlarniyam madaniyati yo‘q. Ochig‘ini aytaman, biz yaqinda qonun ustuvorligini (ta’minlash maqsadida) jazoga tortdik uchta rayonni hokimini — odamlar bilan gaplashishni bilmaydi. Oldingidek, kechirasiz, madaniyatsiz gaplar bilan majlislar o‘tkazib, odamlarni haqorat qilish… Kim ularga huquq beribdi?!

Hokimga kim huquq bergan birovni haqorat qilishga?!

Bu nimadan dalolat? Madaniyatsizligimizdan dalolat! O‘qimaganimizdan dalolat! Ma’naviyatimiz pastligidan dalolat!" — dedi Mirziyoyev.

Prezident yig‘ilishda qatnashayotgan barcha hokimlar, ichki ishlar, milliy xavfsizlik, prokuratura xodimlariga hamda hokazo "vallomatlarga" murojaat qilib, bunday odamlar ertangi kunda ishlamasligini bildirib qo‘ydi.

Yangiliklar lentasi
0