O‘zbekiston TIV: kelgusi yilda barcha konsullik yordamlari elektron shaklga o‘tkaziladi

© FacebookZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vatandoshlarga konsullik va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish uchun yangi xorijiy vakolatxonalar ochilmoqda.

TOShKENT, 21 dek – Sputnik. Kelgusi yilda arizachining diplomatik idoralarga shaxsan borishini minimallashtirish maqsadida barcha konsullik yordamlari elektron shaklga o‘tkaziladi. 2019-yildan esa chiqish vizalari bekor qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2017-yildagi faoliyati hisobotida ma’lum qilindi.

Turisti v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yagona turistik viza joriy etildi

Hisobotda bildirilishicha, O‘zbekistonda chet ellik sayyohlar uchun viza rejimini liberallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Polsha va Turkiya fuqarolari uchun viza olish tartibi soddalashtirildi. Bunday imtiyozlarni yana boshqa 25 mamlakat fuqarolariga taqdim qilish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Singapur fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etish va elektron vizalar tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari ishlab chiqilmoqda.

Yakka va guruh bo‘lib keluvchi sayyohlar uchun viza olish talablari osonlashtirildi, O‘zbekistonga "ziyorat turizmi" dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlandi.

Vatandoshlarga konsullik va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish uchun yangi xorijiy vakolatxonalar ochilmoqda.

Hisobotda ko‘rsatilishicha, 15-dekabr holatiga ko‘ra, TIVga fuqarolardan 6123 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 5791 tasi o‘z vaqtida bajarilgan, 300 tasi ko‘rib chiqilmoqda, 32 tasi esa anonim yoki javob talab qilmaydi deb topilgan.

Yangiliklar lentasi
0