IIB rahbarlari yil yakuni bo‘yicha jazolanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi

© AP Photo / Mikhail MetzelUzbekskie militsioneri
Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti ichki ishlar xodimlari faoliyatini tanqid qilganidan so‘ng, IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov rahbarligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Joriy yil 11 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov rahbarligida jinoyatlarni barvaqt oldini olish, ularni fosh etish va huquqbuzarliklar profilaktikasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar qildi IIV matbuot-xizmati.

Sotrudnik militsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek militsionerining bo‘yi 5 santimetrga qisqartirilib, yoshi 5-yilga uzaytirildi
Yig‘ilishda, har bir sodir etilgan jinoyat turlari bo‘yicha 11 oylik ish natijalarining chuqur tahlillari muhokama qilindi. Asosiy e’tiborni esa sodir etilgan jinoyatni ochish bilan birga, jinoyatni sodir etilishini oldini olishga, uning sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlarni sinchikovlik bilan o‘rganishga qaratilishi ta’kidlandi. Tahlillar asosida nafaqat viloyatlar, balki barcha tumanlar kesimida tanqidiy baho berildi.

Jumladan, Samarqand, Toshkent viloyatlarida tashkil etilgan sektorlarga biriktirilgan rahbar va xodimlarning mahallalarda targ‘ibot-tashviqot ishlari, jinoyatlarni barvaqt aniqlashga doir chora-tadbirlari yetarli samara bermayotgani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda respublika miqyosida, qotillik, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘rilik, firibgarlik, bezorilik, transport vositalarini olib qochish kabi jinoyat turlari kamayishiga qaramasdan, ba’zi hududlarda ayrim turdagi jinoyatlarning ko‘rsatgichlari yuqorilicha qolayotganligi ko‘rsatib o‘tildi.

Sotrudnik zakrivayet dver sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda odamlarni qamatish bilan shug‘ullangan militsiya kapitani 11-yilga qamaldi
Fosh etilmagan jinoyatlar asosan, Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro viloyatlarida va Toshkent shahrida yuqoriligicha qolmoqda. Bunda ichki ishlar organlari tezkor xodimlari va profilaktika inspektorlarini mahalla faollari, jamoatchilik bilan jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan hamkorligi talab darajasida emasligi qayd etildi.

Yig‘ilishda salbiy ko‘rsatgichlar kuzatilgan hududlarning ichki ishlar boshqarmalari rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Yil yakuni bo‘yicha jinoyatchilik ko‘rsatgichi tahlil qilinib, jinoyatni oldini olishda keng jamoatchilik bilan hamkorlik yo‘nalishida ijobiy natijaga erishmagan xodimlarga keskin choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.

Yangiliklar lentasi
0