Qarshi va Andijonda valyutafurushlar qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura huzuridagi Departament ularga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 177-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIV xodimlari bilan hamkorlikda ikki yirik valyutafurushni qo‘lga oldi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida yirik valyutafurush-retsidivist qo‘lga olindi

"Qarshi shahrida Otabek Sultonov 8,9 ming dollarni 72,5 million so‘mga sotayotgan paytida qo‘lga olindi. U ilgari ham valyuta savdosi bilan noqonuniy ravishda shug‘ullangan. Shu yilning sentabrida u mana shunday huquqbuzarlik qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgandi. Bu safar sud unga keskinroq jazo tayinlashi mumkin", — dedi kuch ishlatish tizimi vakili.

Andijondagi "Andijon gaz loyiha" korxonasi yaqinidagi avtobekatda esa noqonuniy valyuta operatsiyalari bilan muntazam ravishda shug‘ullanib keluvchi Shomirza Shoabdullayevni qo‘lga olish operatsiyasi o‘tkazildi. U mijozga 12 ming dollarni 98 million so‘mga sotish maqsadida kelishilgan summaning 2 ming dollarini berayotgan vaqtida qo‘lga olindi. U xorij valyutasining qolgan qismini mijozga ertasi kuni berishni va’da qilgan. Maxsus operatsiya chog‘ida Shoabdullayevning yonidan 2200 dollar, 6350 rubl, 4000 tenge va 333 ming so‘m chiqdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament ularga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 177-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Tergov ishlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0